AsosiyJamiyat

Xitoy va O`zbekiston o`rtasida Chendu-Toshkent-Chendu charter reysi yo`lga qo`yilmoqda

'Xitoy va O`zbekiston o`rtasida Chendu-Toshkent-Chendu charter reysi yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

28 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) va O`zbekiston o`rtasida Chendu-Toshkent-Chendu charter reysi yo`lga qo`yiladi. Chendu shahrida O`zbekistonning turizm salohiyati taqdimotiga bag`ishlangan anjuman doirasida shu haqida ma`lum qilindi.

Bundan avval O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi delegasiyasi Xitoy Xalq Respublikasining qator shaharlarida sayyohlik salohiyati taqdimotini o`tkazayotgani haqida xabar berilgan edi.

Navbatdagi taqdimot Sichuan provinsiyasining Chendu shahrida o`tkazilib, mahalliy mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Uning doirasida o`tgan B2B uchrashuvlar esa kelgusida ikki davlat turistik tashkilotlari o`rtasida tizimli hamkorlikni yo`lga qo`yish hamda sayyohlar oqimini oshirishda amaliy natijalarga yo`naltirildi.

Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi v.v.b.Abdulaziz Aqqulov hamda Loong Air aviakompaniyasi prezidenti Lyu I so`zga chiqishdi. Ular ikki davlat turizm sohasini rivojlantirish yo`naltirilgan hamkorlik istiqbollari va yaqin orada ochilishi kutilayotgan yangi marshrutlar haqida so`zlashdi.

Jumladan, tadbir doirasida joriy yilning 28 dekabrida Chendu-Toshkent-Chendu yo`nalishidagi charter reysning yo`lga qo`yilishi haqida e`lon  qilindi. Yangi yo`nalishdagi reys O`zbekiston va Xitoyga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish yo`lida xizmat qilishi ta`kidlandi.

Ma`lumot uchun: Joriy yilning sentyabrida LoongAir aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Sian-Toshkent-Sian charter reysi ochilgan edi. Shu bilan birga, yaqin kunlarda Xuanchjou-Sian-Toshkent yo`nalishidagi muntazam aviareysning ochilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan.

O`zbek milliy taomi - palovning anjuman zalining o`zida laganlarga suzilib tortiq qilinishi esa yig`ilganlarda katta qiziqish uyg`otdi. Jonli ijrodagi o`zbek xalq qo`shiqlari hamda milliy raqslar kechaga o`zgacha fayz bag`ishladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tadbirni tashkil qilishda yaqindan yordam bergan O`zbekistonning XXRdagi elchixonasi hamda Xitoyning Loong Air aviakompaniyasiga o`z minnatdorchiligini bildiradi.

 

    Boshqa yangiliklar