AsosiyJamiyat

Saytni sudga bergan DTM ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga javob berdi

'Saytni sudga bergan DTM ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga javob berdi'ning rasmi

Davlat test markazi tomonidan o`z sha`nini himoya qilib, gazeta.uz internet nashri ustidan sudga murojaat qilinganligi kechadan buyon ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo`lmoqda. 

DTM  qonun ustuvor jamiyatda bu holatning salbiy baholanayotganligi tushunarsiz ekanligini ta`kidlamoqda. 

- Butun jahonda keng tarqalgan demokratik va adolatli echim sifatida amalda bo`lgan nizoli holatni sud orqali hal etishning nimasi yomon. Rivojlangan va qonun ustuvor bo`lgan huquqiy-demokratik jamiyatda adolat sud orqali qaror topishi barchaga ma`lumku.

Yana bir tushunarsiz, ajablanarli tomoni – hamisha xolislik, adolat, haq tarafda bo`lgan, hatto jamoatchilik orasida o`z o`rni, obro`ga ega hurmatli blogerlar ham mavjud holat bo`yicha to`liq ma`lumotga ega bo`lmasdan Davlat test markazi sha`niga nohaq gaplarni yozayotganligidir. Bunday hurmati baland blogerlarning eng avvalo holatga aniqlik kiritish, sudga berilganlik sababini aniqlash birlamchi vazifasi edi.

Shu o`rinda oldindan hissiyotga berilmasdan sud qarorini kutish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz”, deyiladi munosabatda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar