O`zbek futboli tarixidagi yorqin yulduzlardan biri, hozirda Olmaliqning OKMK futbol klubi bosh murabbiyi bo`lgan Mirjalol Qosimov deputatlikka nomzodini qo`ygan.
Ma`lum qilinishicha, Mirjalol Qosimov 22 dekabr kungi saylovlarga tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod etib ko`rsatilgan.
Hozirda O`zbekiston Superligasi klublari qishki ta`tilda ekanligi bois, 49 yoshli murabbiy futboldan tashqari vaqtini saylovdagi faollik bilan o`tkazmoqda.






