Hukumat qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi to`g`risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, Agentlik iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Iste`molchilarga tovarlar, ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to`g`risidagi haqqoniy va to`liq ma`lumotlarni olish imkoniyatini ta`minlash Agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Agentlikka Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi






