AsosiyJamiyat

Nurafshonda ma`suliyatsiz ota qamaldi

'Nurafshonda ma`suliyatsiz ota qamaldi'ning rasmi

Mas`uliyatsiz otaga chora ko`riladi, deya xabar berdi “darakchi.uz”ga MIB.

Keltirilishicha, fuqarolik ishlari bo`yicha O`rtachirchiq tumanlararo sudining xal qiluv qaroriga ko`ra fuqaro D.Xamdamovdan voyaga etmagan ikki nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati yuzasidan, Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahar bo`limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan edi.

Ijro harakatlari jarayonida, fuqaro D.Xamdamov aliment qarzdorligini to`lashligi to`g`risida bir necha marotaba davlat ijrochisi tomonidan rasman ogohlantirilishiga qaramay, o`z farzandi uchun aliment pullarini to`lashdan ongli ravishda qasddan bosh tortib, qochib yurganligi sababli qarzdor fuqaro D. Xamdamovga nisbatan qidiruv e`lon qilingan. 

Bo`limning tezkor qidiruv xodimi tomonidan qidiruvdagi fuqaro D.Xamdamov ushlab olib kelinib, surushtiriv ishlari olib borilgan.

Surishtiruv jarayonida fuqaro D.Xamdamov aliment pullarni to`lamasligini bildirganligi sababli, ijro ishi Nurafshon shahar ma`muriy sudiga fuqaro D. Xamdamovga nisbatan ma`muriy jazo qo`llash uchun yuborildi.

Nurafshon shahar ma`muriy sudining qaroriga ko`ra D. Xamdamovga nisbatan 14 sutka qamoq jazosi belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar