AsosiyJamiyat

Qamchiq” dovonidan o`tishga ulgurmay qolganlar diqqatiga!

'Qamchiq” dovonidan o`tishga ulgurmay qolganlar diqqatiga!'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Gidrometeoroligiya xizmati markazining  bergan ma`lumotiga ko`ra, “Qamchiq” dovoni “Toshkent-O`sh” avtoyo`lining 228-253 km.lari oralig`ida qor ko`chishi xavfi mavjudligi to`g`risida ma`lumot berildi.

 Shu bois, joriy yilning 21 dekabr kuni soat 08.00 dan boshlab yo`lovchilarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida, Toshkent viloyatining “Chinor” va Namangan viloyatining “Sherobod” postlari tomonidan A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovonida avtomobil vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik to`xtatildi.

Ayni damda, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligidan jalb qilingan 45 ta texnika, 200 ga yaqin shaxsiy tarkib tomonidan “Qamchiq” dovonidan o`tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo`lovchilar barcha sharoitlar bilan ta`minlangan FVVning 15 ta nazorat kuzatuv postlariga, “Qamchiq” otryadiga, qolaversa, Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shohobchalari (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari)ga evakuasiya qilish ishlari tashkillashtirilmoqda.

Transport vositalarining uzluksiz va xavf-xatarsiz harakatini ta`minlash maqsadida, “Qamchiqavtoyo`l” Ixtisoslashgan yo`llardan foydalanish unitar korxonasidan 115 ta maxsus muxandislik-texnikalari va 314 nafar shaxsiy tarkib jalb qilinib, yo`llarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan Angren elektrofikasiyalashtirilgan temir yo`l orqali qo`shimcha yo`lovchi poezdi qo`yilib, Toshkent viloyatining Ohangaron, Angren va Orzu  stansiyalaridan aholini evakuasiya qilish ishlari tashkillashtirildi.

Ushbu vaziyat oqibatida jabrlanganlar yo`q va talofatlar aniqlanmadi.  

Angen shahri va Pop tumanida bo`lgan haydovchi va yo`lovchilar diqqatiga! Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Angren shahrida va Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shohobchalarida: issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari tashkil etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar