Misrdagi Karnak shahrida joylashgan maqbarada ishlaydigan mutaxassis Abdulhakim Elbadri iqlim o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan yuqori harorat, shuningdek, “yovvoyi” ob-havo, ayniqsa kuchli yomg`ir va sel toshqinining qadimiy obidalarga ta`siri tobora kuchayib borayotganini aytgan. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.
«Iqlimiy o`zgarishlar yodgorliklarga sezilarli darajada ta`sir etmoqda. Yuqori harorat va namlik natijasida arxeologik toshlarning rangi o`zgarib ketdi. Siz Luksordagi har bir arxeologik joyda o`zgarishlarning guvohi bo`lishingiz mumkin», dedi Elbadri.
Piramidalar va Sfinksdan tortib Qaitbay qal`asi va O`rta er dengizi yaqinidagi qadimgi Rim amfiteatriga qadar bo`lgan mamlakatning tarixiy joylari ob-havo va tobora ko`tarilayotgan dengiz sathi sabab xavf ostida qolmoqda.
«Men o`ylashimcha, iqlim o`zgarishi sababli 100 yildan keyin barcha qadimiy obidalar yo`q bo`lib ketadi», deydi Misrshunos olim Zahi Xovas. U Misr va Evropa Ittifoqi iqlim o`zgarishini yodgorliklarga ta`sirini kamaytirish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi.