Avval xabar berganimizdek, 20 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “O`zbekiston Respublikasining bugungi kun ichki va tashqi siyosatidagi ustuvor yo`nalishlar” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan Belgiya parlamenti sobiq senatori A.Destekshe o`tkazilayotgan saylov jarayonlariga yuqori baho berib, tubdan yangilanayotgan O`zbekistonning qo`yidagi muhim jihatlariga alohida e`tibor qaratdi: 1) iqtisodiyotning liberallashtirilayotganligi va biznes doiralar uchun O`zbekistonning jozibadorligining oshayotganligi; 2) mintaqada o`zaro hurmat va tushunishga asoslangan yangi siyosiy muhitning shakllanishida asosiy etakchi “markazga” aylanayotganligi; 3) dunyoning etakchi davlatlari bilan munosabatda samarador tashqi siyosatni olib borayotganligi; 4) so`z erkinligi va qonun ustuvorligida namoyon bo`layotgan tamoman yangi siyosiy muhit shakllanganligi.






