AsosiyDunyo

Rossiya interneti xalqaro tarmoqdan uzilganda ham faoliyat olib bora oladimi?

'Rossiya interneti xalqaro tarmoqdan uzilganda ham faoliyat olib bora oladimi?'ning rasmi

Dushanba kuni Rossiya o`zining internet xizmatlari mamlakat xalqaro internet tarmog`idan uzilib qolganda xam ishlay olishini tekshiruvchi bir qator sinovlarni yakunladi. Bu haqda Aloqa vazirining o`rinbosari Aleksey Sokolov xabar bergan. Noyabr oyida Rossiya AQSh milliy kiberxavfsizlik strategiyasiga javoban «suveren internet» to`g`risida qonun qabul qilgandi.

Ushbu qonunga ko`ra,  davlat idoralari va xavfsizlik xizmatlari,  shuningdek,  barcha aloqa operatorlari,  messenjerlar va elektron pochta provayderlari internet foydalanuvchilariga ta`sir qilmaydigan bu testlarda ishtirok etishlari kerak.

«Bizning maqsadimiz Rossiya hududida har qanday sharoitda uzluksiz internet xizmatini taqdim etishdan iborat. Tekshiruv natijalari shuni ko`rsatdiki,  davlat idoralari va aloqa operatorlari ehtimoliy tahdidlarga samarali javob berishga xamda internet va aloqaning samarali faoliyatini ta`minlashga tayyor»,  dedi Sokolov brifingda.

    Boshqa yangiliklar