Buyuk Britaniyaning 98 yoshli shahzodasi, qirolicha Elizavetaning turmush o`rtog`i Filipp uch kun davomida kasalxonada shifokorlar kuzatuvi ostida bo`ldi va hozirda uning ahvolini yaxshi, deb baholashmoqda. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, o`tgan hafta Bukingem saroyi shahzoda Filippning sog`lig`ida muommolar paydo bo`lganligi va ularni bartaraf etish uchun zudlik bilan shahzodaning kasalxonaga yotqizilganligi xabar qilgan edi.
O`tgan yili Filipp son suyagini almashtirish bo`yicha jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi. O`shanda u 10 kun davomida shifokorlar nazorati ostida qolgan.






