AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya raketalar ishlab chiqaradigan zavodini kengaytirdi

'Shimoliy Koreya raketalar ishlab chiqaradigan zavodini kengaytirdi'ning rasmi

Shimoliy Koreyaning uzoq masofali raketalarga jihozlar ishlab chiqariladigan zavodida yangi bino qurildi. Bu holat ushbu zavodning 19 dekabrda fazodan olingan suratlaridan ma`lum bo`lgan.

Middlebury institutining Sharqiy Osiyodagi yadro qurolini tarqatmaslik dasturi direktori Jeffri Lyuisning tvitterda yozishicha, ushbu yangi bino raketa fabrikasini kengaytirilganidan darak beradi.

Hozirgi paytda AQSh va Shimoliy Koreya o`rtasidagi yadro qurollari bo`yicha muzokaralar to`xtab qolgan. Ikki mamlakat rahbarlari Donald Tramp va Kim Chen In shu yilning fevralida bo`lib o`tgan uchrashuvdan keyin qayta ko`rishishmagan.

Raketa zavodi yangi binosining barpo etilishi esa shimolliklarning o`t ochish xavfini yanada oshiradi.

Shimoliy Koreya AQShga taqdim etadigan «Rojdestvo sovg`asi» Vashingtonning keyingi harakatlariga bog`liq bo`lishini aytgandi. KXDR dekabrning boshida 2 marta raketa sinovlarni ham o`tkazgan.

    Boshqa yangiliklar