AsosiyDunyo

Qozog`iston yo`llarida ob-havo yomonligi tufayli 39 kishi vafot etdi

'Qozog`iston yo`llarida ob-havo yomonligi tufayli 39 kishi vafot etdi'ning rasmi

O`tgan hafta Qozog`istonda qor bo`roni va yaxmalak sababli 104 ta YTH sodir bo`lib, ularda 39 kishi vafot etdi.

Bu baxtsiz voqea-xodisalar 16−22 dekabr kunlari yo`llarda ob-havo yomon bo`lgani sababli yuzaga kelgan noqulayliklar sababli sodir bo`gan. Tengrinews.kz xabar berishicha bir hafta ichida jami 104ta baxtsiz hodisa ro`y bergan, ularda 39 kishi halok bo`lgan. 158 nafar kishi esa jarohatlangan. 

Ob-havo sharoiti, haroratning nolga qadar keskin tushishi, yaxmalakning paydo bo`lishi, keyin tuman, shuningdek, yomg`ir va qor yog`ishi natijasida ko`rishning cheklanishi deyarli barcha yo`llarda avariyalar sodir bo`lishiga olib keldi.

Bundan tashqari, ko`plab haydovchilar harakat taqiqlangan yo`llarni nosoz avtoulovlar va yozgi shinalarda aylanib o`tmoqchi bo`lgan va xavfli uchastkalardan harakatlangan.

«Olma Ota viloyatida Olma Ota-Shinjar magistralida MAN yuk mashinasi haydovchisi yaxmalak sharoitida bo`luvchi to`siqni urib o`tib, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketdi va qariyb butun yo`lni to`sib qo`ydi. Natijada, avtohalokat sodir bo`lgan joyda tirbandlik yuzaga keldi, yo`lda 15 ga yaqin yuk mashinalari to`planib, ular beshta transport vositasi ishtirokidagi yana ikkita avtohalokatga sabab bo`ldi. Oqibatda ikki kishi halok bo`ldi va ikkitasi jarohatlandi. Xuddi shunday holat Aqto`be viloyatida ham sodir bo`ldi, u erda yaxmalak va ko`rinishi cheklangan joyda 12 ta mashina ishtirokida baxtsiz hodisa sodir bo`lgan», — deydi Qozog`iston Ichki ishlar vaziri  Erlan Turgumbaev.

Hammasi bo`lib, tirbandlikda 1000 dan ortiq mashina bo`lgan. Qor mashinasida 120 mashina va 905 dan ortiq kishi evakuasiya qilindi.

Boshqa yangiliklar