AsosiyDunyo

Mas`uliyatsiz amaldorlarga "achchiq qilib" gazeta bosh sahifasi bo`sh holda nashr etildi

'Mas`uliyatsiz amaldorlarga "achchiq qilib" gazeta bosh sahifasi bo`sh holda nashr etildi'ning rasmi

fergana.org saytida norozilikning noodatiy usuli haqida xabar berildi

« "Taxti Qubod" («Qubod taxti») gazetasi Tojikistonning Xatlon viloyati, Qubodiyon tuman ma`muriyatining rasmiy nashri hisoblanadi. Mahalliy amaldorlarning jurnalistlar bilan hamkorlik qilmayotganiga raddiya sifatida gazetaning birinchi sahifasini bo`sh holda chop etildi. «Ozodi» radiosining xabar berishicha, bu ilk bor Tojikistonda davlat nashrining norozilik bildirishidir.

«Taxti Qubod»ning bosh muharriri Adolat Sayfulloeva gazetaning ikkinchi sahifasida berilgan maqolada «birinchi sahifa — rahbar o`z yuzini ko`radigan oynadir», deb yozadi. «Bu ob`ektiv ma`lumot berilmayotganiga qarshi norozilik ifodasidir», — deya izoh beradi Sayfulloeva. Bosh muharrir rahbarlardan birortasi yil davomida gazeta uchun bitta satr ham yozmaganidan shikoyat qiladi.

Sayfulloeva gazetaning bunday chop etilishi rahbariyatga yoqmasligi mumkinligini yozadi, lekin u shu yo`l bilan tumandagi barcha muammolarni faqat ikkitagina jurnalist yoritayotganiga e`tibor qaratmoqchi. Qubodiyon tuman ijroiya hukumatining gazetasi sakkiz sahifada chop etilib, yagona mahalliy nashr hisoblanadi. Gazetani yarim stavkada ishlayotgan ikkita o`qituvchi tayyorlaydi.

Rahbarlar bilan bog`lanolmaslik — Tojikiston matbuotidagi eng katta muammolardan biridir. Davlat tizimi va boshqa tashkilot mulozimlari matbuot xizmati yoki jamoatchilik bilan aloqa qiluvchi departament borligiga qaramasdan, jurnalistlar bergan so`rovlarga javob bermaydilar, turli bahona ishlatadilar. Jurnalistlar bundan ko`p shikoyat qilganlar, shuningdek, chet el jurnalistlarini akkreditasiyadan o`tkazish mexanizmi ham ko`pincha bosim o`tkazish instrumentiga aylangan.

Tojikiston mustaqil OAV assosiasiyasi avgust oyida so`rov o`tkazib, 96 foiz tojik jurnalistlarining ma`lumot olish jarayonidan qoniqmayotganini aniqlagan. Matbuot xizmatlarining yozma va og`zaki javoblarida asosan rahbarning ish joyida emasligi vaj qilib qo`rsatiladi.»

    Boshqa yangiliklar