1

MDH mamlakatlaridagi eng baland yangi yil archasi qaerga o`rnatishini bilasizmi?

Dunyo 26.12.2019, 20:57
MDH mamlakatlaridagi eng baland yangi yil archasi qaerga o`rnatishini bilasizmi?

“TurStat” portali yangi 2020 yil bayrami arafasida MDH mamlakatlari shaharlarida o`rnatilgan eng baland archalar reytingini e`lon qildi.

Reyting archalarning balandligi tadqiqot natijalari asosida tuzilgan.  Xabarda ta`kidlanishicha, MDH mamlakatlarining poytaxtlarida o`rnatilgan archalar top-10ligiga Ashxabod (40 metr), Erevan (37 m), Toshkent (36 m), Baku (34 m), Minsk (30 m), Dushanbe (29 m), Moskva (27 m), Bishkek (27 m), Nur-Sulton (25 m) va Kishinev (20 m) shaharlarida o`rnatilgan archalar kiritilgan. 

Reytingda birinchi o`rini egallagan Turkmanistonning 40 metrlik bosh archasi Ashxaboddagi “Alem” (“Olam”) madaniy-ko`ngilochar markaz yaqinidagi maydonga o`rnatilgan. Archaning chiroqlari tantanali ravishda joriy yilning 15 dekabr kuni yoqildi.

Ikkinchi o`rinni egallagan Armanistonning bosh archasi Erevanda o`rnatilgan bo`lib, balandligi 37 metrni tashkil etadi. Uning chiroqlari joriy yilning 21 dekabr kuni yoqildi.

Poytaxtimizda o`rnatilgan bayram archasi uchinchi o`rinni egalladi. 36 metrlik mazkur archa Toshkentdagi Istiqlol ko`chasidagi Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxona yaqinida 2019 yilning 10 dekabr kuni o`rnatildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1