Shaxmatni aql gimnastikasi deydilar. Chindan ham u tafakkurni charxlaydi. O`zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov so`zdan shaxmat donalariday ustalik bilan foydalanganligi barchaga ma`lum. Yainda ustoz shoirning xotirasiga bag`ishlab o`tkazilgan shaxmat turniri ko`ngillarga o`zgacha shukuh bag`ishladi. Turnirda Xalqaro toifadagi sport ustalari bilan bir qatorda Yozuvchilar uyushmasi faol a`zolari ham ishtirok etdi.
Tadbir yakunida musobaqa g`oliblari O`zbekiston shaxmat federasiyasi tomonidan pul mukofoti hamda medallar bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, shoir oila a`zolari tomonidan esdalik sovg`alar ulashildi.
Uzoq yillar davomida nafaqat o`zbek adabiyotining rivoji, balki yurtimizda shaxmat sport turining yuksalishi yo`lida beqiyos xizmat qilgan O`zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovga O`zbekiston shaxmat federasiyasi tomonidan Faxriy Grossmeyster unvoni berildi. Bu sharafli sertifikat marhum shoirning farzandlariga topshirildi.






