1

Xitoy eng katta fazoviy raketasini orbitaga uchirdi

Dunyo 28.12.2019, 17:58
Teglar: Xitoy, raketa
Xitoy eng katta fazoviy raketasini orbitaga uchirdi

Xitoydagi Venchan fazoviy parvozlar markazi 27 dekabrda “Chanchjen-5” (Buyuk safar-5) raketa-tashuvchini fazoga uchirdi. Ushbu raketani kelgusida Xitoyning Oy-Mars dasturida qo`llash rejalashtirilgan.

Raketa mahalliy vaqt bilan soat 20:46da bortida “Shiszyan-20” sun`iy yo`ldoshi bilan uchirilgan. U geostasionar o`tish orbitasida ishlaydi. Mahalliy mutaxassislarning ta`kidlashicha, ushbu fazoviy qurilma yaqin 5-15 yilga telekommunikasiya sohasi rivoji ehtiyojlarini to`liq qondira oladi.

“Chanchjen-5” Xitoyning yangi avloddagi eng kuchli raketa-tashuvchisi hisoblanadi. Uning balandligi 57 metrni, diametri 5 metrni, start og`irligi 870 tonnani tashkil qiladi. Raketa Er atrofidagi orbitaga 25 tonna, geostasionar o`tish orbitasiga 14 tonna yuk olib chiqa oladi. Raketa uchun yonilg`i sifatida suyuq kislorod va suyuq vodorod qo`llanadi.

Raketa Xitoyning uzoq koinotni o`rganish va boshqariluvchi parvozlar dasturida muhim rol o`ynaydi. U birinchi marta 2016 yil noyabrda “Shiszyan-17” sun`iy yo`ldoshi bilan birga fazoga uchirilgan. Raketa ikkinchi marta 2017 yil iyulda “Shiszyan-18” sun`iy yo`ldoshi uchun qo`llangan, ammo nosozligi tufayli orbitaga chiqa olmagan. 

Joriy parvoz “Chanchjen” oilasiga mansub raketalarning 323-missiyasi bo`ldi. 2020 yilda “Chanchjen-5”ni Xitoy koinot dasturining 3 ta muhim missiyasida qo`llash rejalashtirilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1