Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterresh o`zining Yangi yil tabrigini ijtimoiy adolat, gender tengligi va inson huquqlarini himoya qilishda, iqlim o`zgarishiga qarshi kurashda faol ishtirok etayotgan yoshlarga bag`ishladi.
«Sizning avlodingiz oldingi o`rinlarda, sizning faoliyatingiz – diqqat markazida. Sizning g`ayratingiz va qat`iyatingiz meni ilhomlantiradi», – deyiladi bayonotda.
Bosh kotib o`z nutqida davom etar ekan: «Siz haqli ravishda kelajakni shakllantirishda ishtirok etishni talab qilasiz. Men sizga qo`shilaman. Birlashgan Millatlar Tashkiloti sizlar bilan birdam bo`lib, BMT sizning tashkilotingizdir.», dedi.
Bosh kotib o`z nutqida xalqaro hamjamiyat duch kelayotgan qiyinchiliklar xaqida eslatib o`tdi: tengsizlik, nafrat nutqining tarqalishi, urushlar va global isish.
«Iqlim o`zgarishi nafaqat uzoq muddatli muammo – bu, hozirgi kundayoq xavf tug`dirayotganiligi shubhasizdir», – deydi BMT rahbari.
«Sayyoramizda yong`in alangasi sodir bo`lyotgan bir paytda, biz o`zimizga faol bo`lmagan avlodlar bo`lishi uchun imkon berolmaymiz», deya qo`shimcha qildi u.
Bosh kotibning ta`kidlashicha, 2020 yilda, BMTning 75 yilligi munosabati bilan, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo`yicha Harakatlar o`n yilligi – «adolatli globallashuv yo`l xaritasi»ga start beriladi. Ushbu va boshqa tashabbuslarni amalga oshirishda Antonio Guterresh yoshlarga katta umid bog`lamoqda.
Ushbu kontekstda, BMT rahbari yoshlarni “o`z fikrlarini ochiq bildirish”da davom etishga chaqirdi. “Keng miqyosda fikrlashda davom eting”, dedi u. “Yangi ufqlarni kashf eting. Qat`iyatli bo`lishda bundan keyin ham davom eting.”, dedi Bosh kotib.
Nutqining yakunida Bosh kotib barcha sayyoramiz aholisiga 2020 yilda tinchlik va baxt tilab qoldi.






