Chorshanba kuni Rim papasi Fransisk, ziyoratchi ayol uning qo`lini ushlab tortganidan jahl bilan tarsaki tushirib yuborgani uchun uzr so`radi, deya xabar berildi Reutersga asoslanib.
Bu qilmishini besabrlikka yo`nib, «yomon namuna» ko`rsatganini aytdi.
Uning g`ayrioddiy uzr so`rashi, yangi yildagi o`zining birinchi va`zini ayollarga nisbatan zo`ravonlikni tanqid qilish mavzusiga bag`ishlangan nutqi davomida aytildi va ayollarga zo`ravonlikni esa u Xudoni haqorat qilish bilan tenglashtirdi.
Seshanba oqshomida, 83 yoshli Papa Fransisk, Avliy Pyotr maydonida ziyoratchilar orasida sayyor aylagan paytida, bir ayol uning qo`lidan tortgan edi.
Shaxsi aniqlanmagan ziyoratchi ayol, to`satdan Papaning qo`lidan ushlab, o`ziga tortdi va bu Papaning jahlini chiqarib yubordi. Oqibatda bundan jazavaga tushgan Fransisk qo`lini ushlab tortayotgan ayolni qo`liga, ikkinchi qo`lib bilan bir necha marta tarsaki tushirib, qo`lini tortib oldi.
«Juda ko`p marotaba sabr-toqatni yo`qotamiz, hatto men ham. Kechagi yomon namuna ko`rsatganim uchun uzr so`rayman», dedi yangi yil va`zi davomida Avliyo Pyotr maydonida to`plangan minglab ziyoratchilarga qarata Papa.
Ushbu va`z xizmatining mavzusi esa zamonaviy jamiyatda ayollarga nisbatan zo`ravonlikni ochiqchasiga qoralashga bag`ishlangan edi.
«Ayollarga nisbatan har qanday zo`ravonlik- bu Xudoni masxara qilish», dedi u Avliyo Pyotr soborida.






