2020 yilda Moskvada mehnat migrantlarining ishlash huquqi uchun patent 7 foizga qimmatlashdi.
Patent narxi 2018 yilda 4500 rubl, 2019 yilda 5000 rubl bo`lgan, joriy yildan patent uchun oyiga 5350 rubl to`lash lozim bo`ladi. Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston va O`zbekiston fuqarolari 2015 yildan buyon Moskvada ishlash uchun patent oladi.
Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamentining dastlabki hisob-kitoblariga ko`ra, 2019 yilda chet ellik ishchilarga patent berishdan tushgan byudjet daromadi 18 mlrd. rublni tashkil etgan.






