1

Farg`ona viloyat hokimi ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan savollarga javob qaytardi...

Jamiyat 03.01.2020, 21:29
Farg`ona viloyat hokimi ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan savollarga javob qaytardi...

O`zAda “VILOYaT HOKIMI MINBARI“ loyihasi 3 yanvardagi mehmoni Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev bo`lgan edi. Mazkur suhbatdan keyin viloyat hokimiga ijtimoiy tarmoqlarda turli murojaatlar bo`ldi.

Farg`ona viloyati hokimi Sh.G`aniev ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan savollarga javob berdi:

SAVOL:

— Bizga ma`lumki, Farg`ona iste`dodlar va futbolning ashaddiy muxlislari yurti hisoblanadi. Farg`ona futbolini rivojlantirib oldingidek O`zbekistonda etakchi o`ringa chiqishi uchun nimalar qilish kerak? Farg`onada futbolni, jumladan, “Neftchi“ klubini yana raqobatbardosh jamoaga aylantirish uchun biror bir harakat ketyaptimi?..

JAVOB:

— Biz “Neftchi” futbol klubini uzoq vaqt qo`llab-quvvatlab keldik. Bu klub ba`zida moliyaviy mablag`larini maqsadsiz ishlatib yubordi. Mazkur klubni yana qo`llab-quvvatlaymiz. Ayni paytda esa “Qo`qon – 1912”, “Istiqlol” klublaridan umidimiz katta.

SAVOL:

Ibrohimov Muhammadjon Ravshanboy o`g`li. Farg`ona Davlat universiteti, Chet tillari fakulteti ingliz tili yo`nalishi talabasi:

— Andijon viloyati hokimi stipendiyasi kabi Farg`ona viloyati hokimi stipendiyasini joriy qilish niyatingiz bormi? 

JAVOB:

— Oliy o`quv yurtlari talabalari uchun stipendiya tashkil etish viloyat hokimining vakolatida emas. Ammo biz, iste`dodli yoshlarni moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlashga tayyormiz va buning imkoniyatlarini izlab topamiz.

SAVOL:

— “Har bir oila tadbirkor” dasturi orqali o`tgan yili hujjatlarni “Xalq banki“ Quva filialiga topshirib kredit ololmay qoldim. Bu yil ham kreditlar beriladimi? Berilsa olishda yordam bersangiz?

JAVOB:

— Albatta, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida kredit berish ishlari joriy yilda ham tizimli davom etadi. Ma`lumki, kredit arizachi va bank o`rtasidagi qonuniy munosabatlar asosida hal etiladi. Lekin “Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosi viloyat hokimligi e`tiborida. Sizga bu borada amaliy yordam beriladi. 

SAVOL:

— Assalomu alaykum, yaxshimisiz. Menga uy-joy masalasida yordam berishingizni iltimos qilaman. Chin etimman, yoshligimda ota-onam vafot etishgan. Rahmatli pochchamning vasiyligida ulg`aydim. Hayotda juda ko`p qiyinchiliklarni ko`rdim. Xudoga shukr hozir oilaliman. Bir nafar farzandim bor. Pochchamni bir nafar o`g`li yaqinda uylanmoqchi. Shuning uchun uy-joy olishimga yordam berishingizni so`rayman. Oilam bilan uysiz ko`chada qolib ketmay.

JAVOB:

— Siz menga o`zingiz haqingizda aniq ma`lumotlarni jo`nating. Albatta, sizga uy-joy olishda amaliy yordam berish imkoniyatlarini topamiz .

SAVOL:

— Men 27 yoshimda rahbarlik lavozimiga o`tirib, Yozyovon tumani Mehnat organini 2015 yildan 2018 yilgacha boshqardim. Yoshim 33 da. Men siz bilan ko`p marotaba uchrashib muloqotda bo`lganman, lekin biror marta qo`pol munosabatda bo`lmagansiz. Xatoimni aytib ketardingiz. Y.Boyigitov tuman hokimi bo`lib kelgach, bir ikkitasining gapiga quloq solib, meni ishdan bo`shatdi va menga boshqa ish bermadi. Ish izlab Qo`shtepa hokimini oldiga bordim. Meni ish bilan ta`minladi. Vazirlikning aybi bilan men o`z xohishimga ko`ra ishdan bo`shadim. Bir yarim yil ishsiz uyda o`tirdim. O`z tumanimdan tuman hokimi ish bermayapti. Hozir Andijon viloyati Ulug`nor tumanida oddiy o`qituvchi bo`lib ishlayapman. Yozyovon tumani hokimi yosh kadrlarni nega sindiradi.

Man bilan birga ishlagan ko`p yosh rahbarlarni ishdan bo`shatdi. Nahotki o`z viloyatim, o`z tumanim menga ish bermasa. Prezidentimiz yoshlarga oid Davlat siyosatini olib borayotganda nega Yozyovon hokimi yosh rahbarlarni qo`llab-quvvatlash o`rniga, “orgotdel“ olib kirgan tavsiyanomalarga qo`l quymaydi?

JAVOB:

— Tuman Bandlikka ko`maklashish markazlari rahbarlarini ishga qabul qilish va vazifasidan ozod etish masalasi bevosita Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakolatidadir. Biz, yosh kadrlarni doimo qo`llab-quvvatlaymiz. Sizning imkoniyatlaringizdan foydalanishga harakat qilamiz.

SAVOL:

— Farg`ona viloyati Oltiariq tumanida davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta`lim muassasasi qurilishi ishlari 2 yildan buyon oxiriga etmaydi.

Bunga asosiy sabab Oltiariq tumani hokimini bizning “Oltiariq Sport Servis” MChJga er maydoni ajratish to`g`risidagi qarorini 3 marta asossiz o`zgartirganligidir. 2 yildan buyon chiqarilgan qarorga muvofiq er maydoni chegaralari ajratib berilmagan. Oqibatda maktabgacha ta`lim muassasasi foydalanishga topshirilishi kechikib kelmoqda.

JAVOB:

— Sizning bu murojaatingizda ko`tarilgan masala bilishimcha, tegishli sud idoralarida ko`rilmoqda. Shunga qaramay, biz har bir tadbirkorni, jumladan, sizni ham belgilangan loyihalaringizni qo`llab-quvvatlashga tayyormiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1