1

Mehnat migrantlari uchun ajratiladigan xonadonlar soni qaysi viloyatda qanchani tashkil etadi?

Jamiyat 03.01.2020, 21:39
Mehnat migrantlari uchun ajratiladigan xonadonlar soni qaysi viloyatda qanchani tashkil etadi?

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a`zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to`g`risida»gi farmoniga asosan 2020 yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko`p kvartirali uylardan 3462 ta xonadon ajratish belgilangan.

Ajratiladigan xonadonlar hududlar kesimida:

1. Qoraqalpog`iston Respublikasi – 210 ta

2. Andijon viloyati – 420 ta

3. Buxoro viloyati – 240 ta

4. Jizzax viloyati – 120 ta

5. Qashqadaryo viloyati – 300 ta

6. Navoiy viloyati – 60 ta

7. Namangan viloyati – 300 ta

8. Samarqand viloyati – 450 ta

9. Surxondaryo viloyati – 270 ta

10. Sirdaryo viloyati – 90 ta

11. Toshkent viloyati – 180 ta

12. Farg`ona viloyati – 420 ta

13. Xorazm viloyati – 240 ta

14. Toshkent shahri – 162 ta

Jami: 3462 ta

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1