AsosiyJamiyat

Bloger Matbuot xizmatlariga jurnalist va blogerlarga nisbatan urush ochmaslikni qattiq tavsiya qildi

'Bloger Matbuot xizmatlariga jurnalist va blogerlarga nisbatan urush ochmaslikni qattiq tavsiya qildi'ning rasmi

Bloger jurnalist va bloger Xurshid Dalievni O`zbekistonda taqiqlangan terroristik guruh a`zosi deya tuxmat qilgan Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulshanoy Qoshqarovaga nisbatan ma`muriy ish qo`zg`atilgani haqida xabar berar ekan Matbuot xizmatlariga jurnalist va blogerlarga nisbatan urush ochmaslikni  qattiq tavsiya qildi.

 - Bu o`taketgan noprofessionallik. Matbuot xizmatlari tashkilotlar rahbarlarining piyoda askarlari, shaxsiy kamikadzelari emas. Ular matbuot xizmati. Qo`ldan kelgancha OAVlar bilan ijobiy munosabatlar o`rnatib, axborot maydonidagi negativlarga qarshi kurashishning ancha odamiy, ta`sirchan va professional yo`llarini tanlagani maqul.  

Ushbu voqeaga AOKA e`tibor qaratishi lozim. Bunday qarashdagi matbuot kotiblari aksariyatni tashkil etadi. Eskicha va tuturug`siz uslubda ish yuritayotgan matbuot xizmatlarini aniqlab, ularning faoliyati vektorini yaxshi tomonga o`zgartirish aynan Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining to`g`ridan to`g`ri vazifalariga kiradi, deya AOKAga vazifalaridan birini eslatib qo`ydi. 

    Boshqa yangiliklar