1

Qo`y “o`g`ri”lari qo`lga olindi

Jamiyat 03.01.2020, 22:06
Qo`y “o`g`ri”lari qo`lga olindi

G`ijduvon tumani Amirobod mahallasida yashovchi Sh.Z tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil 20 dekabr kuni noma`lum shaxs yashash uyiga g`ayriqonuniy ravishda kirib, uy ichidagi qo`yxonadan har birining bahosi 1.500.000 so`mlik olti bosh qo`ylarini o`g`irlab, jami 9.000.000 so`mlik moddiy zarar etkazganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni G`ijduvon tumani Qo`riq mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan, yakka tartibda ishlovchi H.U sodir qilganligi aniqlanib, olti bosh qo`ylar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan H.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Buni qarangki, kimdir birovning chorva mollarini yashirin ravishda qo`lga kiritsa, yana kimdir ularni o`z egalarining ixtiyori bilan egallaydi.

G`ijduvon tumani Xalqobod mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug`ilgan, vaqtincha ishsiz T.J G`ijduvon tumani Gajdumak mahallasida yashovchi N.Sh.ning ishonchiga kirib, 2018 yilning sentyabr oyidan 2019 yilning sentyabr oyigacha bo`lgan vaqt oralig`ida N.Sh.dan har birining bahosi o`rtacha 700.000 so`mni tashkil qiladigan 24 bosh jami 16.800.000 so`mlik qo`ylarini boqib berishini va`da qilib olib, ushbu qo`ylarni sotib pullarni o`z manfaatlari yo`lida sarflab, firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.

T.J.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1