1

Xotin-qizlar qo`mitasi vakilining nomzodini bir vaqtning o`zida hokimning 3 nafar o`rinbosari qonunchilikka zid ravishda targ`ib qilishmoqda

Jamiyat 03.01.2020, 22:23
Xotin-qizlar qo`mitasi vakilining nomzodini bir vaqtning o`zida hokimning 3 nafar o`rinbosari qonunchilikka zid ravishda targ`ib qilishmoqda

 Saylovlar – xalqning ishonchini, ertangi kunga bo`lgan munosabatini anglatadi. Qachonki saylovlarda haqiqat va adolat qaror topmas  ekan, millatning ertangi taqdirini, kelajagini yaratish  mushkul vazifaga aylanib qolaveradi. Saylov oldi targ`ibot-tashviqot masalalari ham huddi shunday haqiqiy kurash maydoniga aylanmog`i lozim. 

2019 yilning 22 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo`lib o`tgan saylovlarning yakuniy natijalari to`la aniqlanmagan okruglarda qayta saylov bo`lishi ko`zda tutilmoqda. Jizzax viloyati 14- “Tong otar” saylov okrugidan viloyat Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashiga  deputatligi ko`rsatilgan nomzod Xotin-qizlar qo`mitasi Bosh mutaxassisi, “Milliy tiklanish” partiya vakili Kullieva Shohsanam qayta saylovlardan oldin o`tkaziladigan saylov oldi targ`ibot masalalarida qonunlarga zid ravishda harakat qilayotgani ma`lum bo`lmoqda.

 Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to`g`risidagi Qonunda “Davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari saylov oldi targ`ibot ishlarida ishtirok etishi taqiqlanadi”, deya ko`rsatilgan. Kullieva Shohsanam nomzodini esa, bir vaqtning o`zida Baxmal tumani hokimining uch nafar o`rinbosarlari targ`ib etmoqda. Tuman hokimi o`rinbosarlari  Xotin-qizlar qo`mitasi raisi, Yoshlar masalalri bo`yicha hokim o`rinbosari, Qurilish ishlari bo`yicha hokim o`rinbosarlari joylarda targ`ib etishmoqda. 

Asli ulkan nohaqliklar kichik qadamlardan boshlanishi bejiz emas... Zotan, bugun haqiqat yo`lidan borib, xalqning manfaatlarini chin ma`noda o`ylagan nomzodalar deputat etib saylanmas ekan, mamlakat rivoji sustlashib, xalqning manfaatlari himoya etilmay qolaveradi. Saylovga mas`ullar va xalqimiz bu kabi holatlarni qanday baholaydi? Ko`zlarimizni kattaroq ochaylik, adolat va haqiqat qaror topmog`i lozim!

Sherali Sattorov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1