1

O`quv yilining ikkinchi yarim yili uchun to`lov-kontrakt miqdorlari o`zgarishi mumkin

Jamiyat 04.01.2020, 10:28
O`quv yilining ikkinchi yarim yili uchun to`lov-kontrakt miqdorlari o`zgarishi mumkin

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to`g`risida”gi qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta`minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 7 foizga oshirildi. Bu haqida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi.

Oliy ta`lim muassasalarida o`qitish xarajatlarining asosiy qismini, ya`ni 91 foizini ish xaqi va stipendiya to`lovlari tashkil etishi inobatga olinib, 2019/2020 o`quv yilidan to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymati respublikadagi mehnatga haq to`lashning eng kam miqdoriga bog`landi va unga nisbatan karra barobarida belgilandi.  

 

Amaldagi tartibga ko`ra,  kontrakt asosida o`qitishning to`lov miqdori (oshirilgan to`lov-kontrakt miqdori bundan mustasno) mehnatga haq to`lashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda joriy o`quv yilining ikkinchi yarmi uchun o`zgarishi mumkin.

Shu munosabat bilan, 2019/2020 o`quv yilining ikkinchi yarim yili uchun oliy ta`lim muassasalarida to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymatlariga o`zgartirish kiritilganda, qo`shimcha ma`lumot beriladi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1