1

Samarqandda poezd piyodani bosib ketti

Jamiyat 04.01.2020, 11:51
Samarqandda poezd piyodani bosib ketti

2020 yil 02 yanvar kuni soat 12:45 larda mashinist 49 yoshli M.A. boshqaruvidagi 0113-sonli yo`lovchi poezdini Pastdarg`om tumani hududida, Buxoro Mintaqaviy temir yo`l uzeliga qarashli “Maroqand-Gumbaz” bekatlari oralig`idagi 3745 km. 7-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tmoqchi bo`lgan piyoda 40 yoshli X.Yu.ni urib yuborganligi natijasida X.Yu. hodisa joyida vafot etgan. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o`rganilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Sizdan temir yo`l yaqinida harakatlanayotganingizda yoki yo`lni kesib o`tayotganingizda belgilangan yo`l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1