AsosiyJamiyat

O`zbekiston fuqarosi Germaniyada fojiali halok bo`ldi

'O`zbekiston fuqarosi Germaniyada fojiali halok bo`ldi'ning rasmi

Mamlakatimizning Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra, 2019 yilning 31 dekabr kuni O`zbekiston fuqarosi N.X. Konsullik bo`limiga murojaat qilib, jiyani R.X.ning baxtsiz voqea oqibatida fojeali halok bo`lganini xabar bergan.

O`tgan yilning oktabr oyidan boshlab R.X. Germaniyadagi «PRAXX» jamiyatining malaka oshirish dasturi doirasida Kil shahri yaqinidagi fermer xo`jaliklaridan birida shartnoma asosida amaliyot o`tayotgan edi. 27 dekabr kuni u balandlikdan qulab tushib, vafot etgan. Mahalliy polisiya tekshiruv o`tkazdi va baxtsiz hodisa yuz berganini tasdiqladi. 

Elchixonaning Konsullik bo`limi qarindoshlar va O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bilan birgalikda vatandoshimizning jasadini vatanga jo`natishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi va Germaniya (Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anhalt, Shlezvig-Holshtayn, Turingiya), Shvesiya, Shveysariya va Chexiya hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Berlin shahridagi Elchixonasiga +49-30-39-40-98-55, +49-30-39-40-98-30 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

 

    Boshqa yangiliklar