AsosiyJamiyat

Sud yakunlandi: bloger Otabek Nuritdinovga nisbatan ko`rilgan choralar qonun doirasida amalga oshirilgan

'Sud yakunlandi: bloger Otabek Nuritdinovga nisbatan ko`rilgan choralar qonun doirasida amalga oshirilgan'ning rasmi

Bugun Andijon viloyati ma`muriy sudi binosida ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va jamoatchilik vakillari guvohligida bloger Otabek Nuritdinovga nisbatan qo`llanilgan sud qarori yuzasidan ochiq sud majlisi bo`lib o`tdi.

Andijon viloyat prokuraturasi holat bo`yicha barcha jarayonlar qonun doirasida amalga oshirilganligi, qonun buzilishlariga yo`l qo`yilmaganligi yuzasidan huquqiy xulosa berdi.

Ochiq sud majlisida viloyat Ma`muriy sud sudyasi D. Xalilov raisligida O. Nuritdinovga oid ma`muriy ish kassasiya tartibida ko`rib chiqildi. Bloger O. Nuritdinov o`ziga qo`yilgan ayblarni inkor etdi. Sud Ma`muriy ishlar bo`yicha viloyat sudining 2019 yil 30 dekabrdagi qarorini o`zgarishsiz qoldirdi.

    Boshqa yangiliklar