AsosiyJamiyat

O`zbek artistlari Butunjahon rojdestvo shousida 10 metr balandlikdan tushib ketdi

'O`zbek artistlari Butunjahon rojdestvo shousida 10 metr balandlikdan tushib ketdi'ning rasmi

Niderlandiyada o`zbekistonlik artistlar tomosha paytida balandlikdan tushib ketdi. Ko`plab OAVlarda berilgan ushbu xabarni TIV tasdiqladi. 

Mamlakatimizning Benilyuks davlatlaridagi Elchixonasi 2020-yil 3-yanvar kuni Amsterdam shahrida (Niderlandiya) o`tkazilayotgan Butunjahon rodjestvo sirki shousida o`z chiqishi bilan qatnashayotgan “Samo farishtalari” dueti akrobatlari, O`zbekiston fuqarolari Kristina Vorobyeva va Rustem Osmanovning tomosha vaqtida 10 metr balandlikdan qulab tushgani to`g`risidagi OAVning ma`lumotlarini tasdiqladi. Artistlar og`ir ahvolda shifoxonaga olib kelingan. Elchixona shu kunning o`zida jabrlangan hamyurtlarimizga kerakli yordamni ko`rsatish uchun Niderlandiyaning rasmiy organlari va polisiyasi bilan bog`landi va ular bilan muloqotda bo`lib turibdi. Konsullik-huquqiy departamenti Benilyuks davlatlari (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) hamda Daniya hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Brussel shahridagi Elchixonasiga + 02 661 20 42 (44, 46, 47, 49) yoki + 32 488 41 48 06 telefon raqamlari, consulat@uzbekista

 

    Boshqa yangiliklar