Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko`plab bahs-munozaralarga sabab bo`lgan voyaga etmagan M.A.ning kaltaklanishi holati yuzasidan tergov oldi tekshirish harakatlari o`tkazildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Tekshirish davomida tayinlangan sudga oid tibbiyot ekspertizasining 04.01.2020 yildagi xulosasiga ko`ra, M.A.ning tanasida aniqlangan jarohatlar – sog`liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan engil tan jarohatlari turkumiga kirishligi aniqlangan.
Tekshirish yakuniga ko`ra, 04.01.2020 yilda Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha Yunusobod tumani IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz,
Toshkentda o`smir akasi va kelinoyisi tomonidan doimiy kaltaklanmoqda. Jabrdiyda mashhur aktrisaning farzandi ekanligi aytilmoqda (video)
Aktrisa Madina Muxtorovaning kaltaklangan o`g`li atrofidagi shov-shuvlar: Kimning gapi rost?






