Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov, Markaziy saylov komissiyasi Raisining ta`kidlashicha, 22-dekabr kuni bo`lib o`tgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi 150 deputatlik o`rni uchun beshta siyosiy partiyaning 744 nafar nomzodi kurash olib bordi.
Bugun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o`tkazuvchi 25 ta Saylov okruglaridagi 1730 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish jarayoni o`tkaziladi.
Ushbu okruglardagi saylovchilar soni 3 million 148 ming 921 nafarni tashkil etadi.
Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat kengashlariga saylov o`tkazuvchi 95 ta Saylov okrugidagi 1104 ta saylov uchastkasida hamda Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylov o`tkazuvchi 587 ta Saylov okrugidagi 1117 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish bo`lib o`tadi.






