AsosiyDunyo

2020 yilda sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar reytingi tuzildi

'2020 yilda sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar reytingi tuzildi'ning rasmi

BHTP sug`urta kompaniyasi tomonidan 2020 yilda sayohat qilish uchun eng xavfsiz mamlakatlar reytingi tuzildi

Sug`urtachilar fikriga ko`ra, Avstraliya — sayohat qilish uchun eng xavfsiz mamlakat. Yirik o`rmon yong`inlariga qaramay, aynan ushbu mamlakatni sayyohlar xavfsiz sayohat uchun birinchi o`ringa loyiq deb topishdi. Aytishlaricha tabiiylik va ekzotika mujassamlashgani uchun ham turistlar Avstraliyaga sayohat qilishni xush ko`rishadi.

Ikkinchi o`rinda — Shvesiya. Darhaqiqat yoshlarga ham, yoshi ulug` insonlarga bu mamlakat birdek yoqadi.

Uchinchi o`rinda — yoshlar ko`proq borishni yaxshi ko`radigan mamlakat Yangi Zelandiya. Mo``tadil iqlim, ajoyib infratuzilma, sifatli tibbiyot, yuqori tezlikdagi internet, tep-tekis yo`llar kimga ham yoqmaydi deysiz!

2020 yilda sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar (top-10)

  1. Avstraliya
  2. Shvesiya
  3. Yangi Zelandiya
  4. Italiya
  5. Niderlandiya
  6. Fransiya
  7. Islandiya
  8. Irlandiya
  9. Gresiya
  10. Yaponiya.

Boshqa yangiliklar