AsosiyJamiyat

Shifokorlarning dorilarni sotishga ko`maklashib, foyda olishiga taqiq qo`yiladi

'Shifokorlarning dorilarni sotishga ko`maklashib, foyda olishiga taqiq qo`yiladi'ning rasmi

Tibbiyot xodimlari tomonidan hujjatlarni soxtalashtirganlik uchun javobgarlik joriy etiladi. Bu Prezidentning 2019 yil 30 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi farmasevtika tarmog`ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorida keltirib o`tildi.

Hujjatga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 1 mayga qadar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi O`zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini kiritadi:

•  dori vositalariga reseptlar yozish bo`yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzganlik, shu jumladan, kuchli ta`sir qiluvchi moddalar va prekursorlar ro`yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, dori vositalarini olish huquqini beruvchi reseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirganlik uchun tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan ma`muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etadi;

•  tibbiyot xodimlari tomonidan muayyan dori vositalarini tayinlash va berish uchun farmasevtika tashkilotlari va dorixonalardan moliyaviy mukofotlar yoxud moddiy yoki nomoddiy ko`rinishdagi har qanday boshqa rag`batlar olishiga taqiq qo`yish yuzasidan O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida”gi qonuniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritadi.

Boshqa yangiliklar