Farg`ona viloyatining Quva tumanida bir oilaning ikki farzandi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 5 yanvar kuni soat 08:30da Farg`ona viloyati Quva tumani «Toshkent» MFY, Qo`rg`oncha ko`chasi 82-uyda istiqomat qilgan oilaning ikki farzandi behush holda tumandagi Shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish markazining jonlantirish bo`limiga olib kelingan.
«Farg`ona viloyati Quva tumani «Toshkent» MFY, Qo`rg`oncha ko`chasi 82-uyda pechkaga shlang orqali gaz tortilib isitilgan, shlang pechkadan chiqib uyning lenoliumli pol qismiga tushib pol yongan, bolalar divan yoniga yashiringan, ota-onalari uydan tashqarida bo`lgan, yong`in katta bo`lmagani sababli ota-onasi xabarsiz qolgan, yong`in oqibatida bolalar hushdan ketgan», deyiladi xabarda.
2018 yil 14 yanvarda tug`ilgan R.X va uning opasi, 2017 yil 14 mayda tug`ilgan R.O shifoxonaga olib kelingan vaqtda jonsiz holda bo`lgani aniqlangan.