1

O`zbekistonda masjidlar soni 2066 taga etdi

Jamiyat 06.01.2020, 09:50
O`zbekistonda masjidlar soni 2066 taga etdi

2019 yilda O`zbekistonda 10 ta yangi jome masjid ochildi.

Shu bilan masjidlar soni 2066 taga etdi. Jumladan, Toshkent shahrida ulug` allomalar nomidagi “Suzuk ota”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Fayzulla xo`ja o`g`li Murod hoji”, Surxondaryo viloyatida “Hakim Termiziy”, “Shayx Shamsiddin”, “Imom Nizomiddin Sangardakiy”, Namanganda “Muhammad al-Amin”, Farg`onada “Chiligijiyda”, Navoiyda “Abu Bakr Siddiq” va Toshkent viloyatida “Abu Hurayra” masjidlari hamda Buxorodagi Qorovulbozor tumanida “Abdulloh ibn Muborak” nomli yangi jome masjid ish boshlagani mo`min-musulmonlarni bag`oyat xursand qildi.

Qolversa, respublikamiz bo`ylab 30 ta jome masjid binosi butunlay qaytadan bunyod etilib, 60 ta masjid kapital ta`mirdan chiqarildi, deya xabar beradi O`zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1