1

Samarqandda "ZIL" avtomobili ishtirokidagi YTHda piyoda halok bo`ldi

Jamiyat 06.01.2020, 10:00
Samarqandda "ZIL" avtomobili ishtirokidagi YTHda piyoda halok bo`ldi

2020 yil 4 yanvar kuni soat 21:10 larda, Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidan o`tgan M-39 “Olmata-Toshkent-Termiz” avtomobil yo`lining 1071-km.da, haydovchi Toyloq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan N.N. “ZIL-130” rusumli avtomobilini boshqarayotib, yo`lni kesib o`tayotgan, piyoda Bulung`ur tumanida yashagan, 1959 yilda tug`ilgan Q.B.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda Q.B. voqea joyida halok bo`lgan. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra yo`l-transport hodisasi piyodaning yo`lni piyodalar o`tishi uchun mo`ljallanmagan joyidan, mast holda kesib o`tishi oqibatida sodir etilgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1