AsosiyJamiyat

‌Insoniyat sayyoradagi 83 foiz qush va hayvonlarni qirib yubordi

'‌Insoniyat sayyoradagi 83 foiz qush va hayvonlarni qirib yubordi'ning rasmi

Insoniyat 1970 yildan boshlab sayyoradagi 83% sutemizuvchilar, qush, sudralib yuruvchilar, hayvon va baliqlarni qirib, yo`qotgan. Bu haqda  The Guardian gazetasi Butunjahon yovvoyi tabiat jamg`armasining yillik hisobotiga asosan yozmoqda. 

4 yil avval bu ko`rsatkich 52 foiz edi. Yovvoyi tabiat uchun asosiy xavf qishloq xo`jaligi uchun erlarni o`zlashtirish bo`lib, quruqlikning 4/3 ismi hozir insonlar tomonidan egallab olingan.

Ikkinchi muammo hayvonlarni ko`ngilxushlik uchun o`ldirishdir. 300 turdagi sutemizuvchilar aynan brakonerlik va ov oqibatida yo`q  qilingan. Uchinchi xavf, kimyoviy ifloslanishdir. Quruqlik va suvning kimyoviy ifloslanishi oqibatida jonivor va baliqlar o`lmoqda.

To`rtinchi xavf – o`rmonlarning kesilishi. Janubiy va Markaziy Amerika, Osiyo va Sibirda 89% qush va jonivorlar o`rmonlarning kesilishi natijasida qirilib ketdi.

Agarda bu vahshiyliklarni tugatib, birorta jonivorning o`lishiga yo`l qo`yilmagan taqdirda ham, tabiatda ularning tiklanishiga 5 million yil kerak bo`lar ekan.

    Boshqa yangiliklar