1

Xavfli burilishda boshqaruvni yo`qotgan Neksiya inson o`limiga sabab bo`ldi

Jamiyat 06.01.2020, 10:53
Xavfli burilishda boshqaruvni yo`qotgan Neksiya inson o`limiga sabab bo`ldi

2020 yil 4 yanvar kuni soat 00:30 larda, Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani hududidan o`tgan M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo`lining 1588-km.da oqibati mudhish yakun topgan yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.

Haydovchi Denov tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan M.O. “Neksiya” rusumli avtomobilda rul boshqaruvni yo`qotib, yo`lning o`ng tomonidagi daraxtga urilgan. Natijada haydovchi M.O. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan va yo`lovchisi Denov tumanida yashagan, 1972 yilda tug`ilgan N.A. kasalxonada vafot etgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yo`l-transport hodisasi haydovchining belgilangan tezlik me`yorlariga amal qilmaganligi va yo`lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo`qotishi oqibatida sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatihaydovchilardan transport vositasini boshqarish davomida belgilangan tezlik talablariga rioya etishni unutmaslikni so`ragan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1