1

Mersedes-Bens pachoqlandi. Bir kishi vafot etdi

Jamiyat 06.01.2020, 12:34
Mersedes-Bens pachoqlandi. Bir kishi vafot etdi

2020 yil 4 yanvar kuni soat 08:10 larda, Andijon viloyati Xo`jaobod tumani hududida Mersedes-Bens yo`l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqida  O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Haydovchi Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan M.S. “Mersedes-Bens” rusumli avtomobilida rul boshqaruvni yo`qotib, yo`lning o`ng tomonidagi temir simyog`ochga urilgan. Natijada yo`lovchilari Marg`ilon shahrida yashagan, 1975 yilda tug`ilgan A.M. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan va Marg`ilon shahrida yashovchi, 1964 yilda tug`ilgan T.M. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yo`l-transport hodisasi haydovchining transport vositasini boshqarish vaqtida uxlab qolishi, buning natijasida rul boshqaruvini yo`qotib, yo`l chetidagi temir simyog`ochga urilishi oqibatida sodir bo`lgan.

Hurmatli haydovchilar, transport vositasini kuchli toliqish holatida boshqarish haydovchi va yo`l harakatining boshqa qatnashchilari hayoti va sog`lig`i uchun xavfli ekanligini unutmang. Transport vositasini boshqarish vaqtida toliqishni sezdingizmi uni tezda to`xtating, avtomobildan tushib biroz toza havodan nafas oling. Biroz dam olgach harakatlanishda davom ettiring.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1