1

Yoshlarning bo`sh vaqti – dushmanlarning ish vaqti

Jamiyat 06.01.2020, 13:23
Yoshlarning bo`sh vaqti – dushmanlarning ish vaqti

Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi hamda Jalaquduq tumani IIB bilan hamkorlikda “Yoshlarning bo`sh vaqti – dushmanning ish vaqti” shiori ostida tumanning 3-sektor hududida yoshlar bilan uchrashuv o`tkazildi. Tadbirda tuman hokimligi, aholi bandligiga ko`maklashish markazi, xalq qabulxonasi vakillari hamda 250 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi 

Uchrashuvda asosiy e`tibor O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yilning 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda bergan topshiriqlari ijrosini ta`minlashga qaratildi. Xususan, yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, oilaviy ajrimlarning oldini olish, ularning bandligini ta`minlash hamda oldilariga qo`ygan maqsadlarini amalga oshirishda ko`maklashish bo`yicha muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Ochiq muloqot tarzida o`tgan uchrashuvda navqiron avlod vakillari o`z fikr-mulohazalari va takliflari bilan o`rtoqlashdilar. Yoshlar tomonidan bildirilgan jami 16 ta murojaatdan 6 tasi tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish uchun imtiyozli kredit olish masalasida bo`ldi. Qolgan bir qator masalalar bo`yicha ham murojaatlar tinglanib, ularni hal qilish bo`yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. 

Ushrashuv so`ngida yoshlar uchun “Bo`sh ish o`rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etilib,  ularning 20 nafariga “And Billur” xususiy korxonasiga ishga joylashish uchun yo`llanmalar berildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1