AsosiyJamiyat

Yangi deputatlar: qaysi soha etakchilik qilmoqda?

'Yangi deputatlar: qaysi soha etakchilik qilmoqda?'ning rasmi

2020 yil 5 yanvar kuni bo`lib o`tgan takroriy ovoz berish natijalari bo`yicha Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan 25 ta okrug saylov komissiyalarining takroriy ovoz berish natijalari to`g`risidagi bayonnomalari va qarorlariga asosan:

– Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 15 nafar nomzodidan 11 nafari;

– O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 11 nafar nomzodidan 2 nafari;

– O`zbekiston Xalq demokratik partiyasining 9 nafar nomzodidan  

4 nafari;

– O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining 10 nafar nomzodidan 4 nafari;

– O`zbekiston Ekologik partiyasining 5 nafar nomzodidan 4 nafari Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandilar.

Mutaxassisligi va ixtisosligi bo`yicha eng ko`p fan-ta`lim sohasi vakillaridir. Ular deputatlarning 32 nafari yoki 21,3 foizini tashkil etmoqda.  

Shuningdek, deputatlarning 23 nafari bank, moliya va iqtisod sohasi vakillari, 21 nafardan huquqshunoslar va nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari, 12 nafari qishloq xo`jaligi sohasi mutaxassislari, 9 nafardan tibbiyot sohasi hamda qurilish, kommunikasiya, transport va aloqa sohasi vakillari, 7 nafari tadbirkorlar, 6 nafari OAV vakillaridir.

    Boshqa yangiliklar