1

Bloger Daliev ishi: hokimlik matbuot kotibi harakatlaridada huquqbuzarlik aniqlandi

Jamiyat 06.01.2020, 14:27
Bloger Daliev ishi: hokimlik matbuot kotibi harakatlaridada huquqbuzarlik aniqlandi

Internet tarmog`ida bloger Xurshid Daliev va Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari o`rtasida yuzaga kelgan masala bo`yicha ko`plab xabarlar tarqaldi. Unda hokimlik xodimi blogerga tuhmat va haqorat qilgani ma`lum qilindi.

Xususan, bu borada rasmiylardan ham munosabatlar bo`lgandi. Ayni paytda Dalievni haqorat qilgan Matbuot kotibi harkatlarida huquqbuzarlik borligi aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati ma`lum qildi.

Andijon shahri, O`zbekiston mahallasida yashovchi fuqaro Daliev Xurshidbek Axmadjonovich Andijon shahar IIO FMB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o`zining arizasida Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari G.Qo`chqarova Andijon shahar hokimligining rasmiy Telegram kanali orqali unga nisbatan tuhmat qilib, noo`rin sabablarga ko`ra haqorat qilganligini bayon qilgan.

Fuqaro X.Dalievning ushbu arizasi Andijon shahar IIO FMB jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish bo`linmasidan 11.12.2019 yilda 9615-raqam bilan ro`yxatdan o`tgan. Holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB 2-sonli IIB XPB profilaktika inspektori X.Mamajonov tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasiga ko`ra G.Qo`chqarovaning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli, 21.12.2019 yilda O`zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish to`g`risida qaror qabul qilgan. Biroq G.Qo`chqarovaning harakatlarida MJtKning 40 (tuhmat) va 41(haqorat qilish) moddalarida nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo`lganligi sababli, unga nisbatan   ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to`plangan hujjatlar Andijon shahar Ma`muriy sudiga belgilangan tartibda yuborildi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1