Fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudining 16.08.2016 yildagi qaroriga asosan qarzdor A.Qayumovdan undiruvchi X.Qayumova foydasiga voyaga etmagan K.Qayumov ta`minoti uchun oylik daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Buxoro shahar bo`limi ish yurituviga mavjud edi.
Ijro harakatlari davomida qarzdor A.Qayumov aliment to`lovlarini o`z vaqtida amalga oshirmadi, chunki ota farzandiga shubhasi borligini aytib, tekshirish maqsadida tegishli sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining 18.09.2019 yildagi xulosasiga ko`ra K.Qayumov – A.Qayumovning farzandi ekanligini o`z tasdig`ini topdi.
Majburiy ijro harakatlari davomida 25.11.2019 yilda qarzdor A.Z.Qayumovga 6.466.200 so`m aliment qarzi hisoblanib, aliment to`lashdan bo`yin tovlagan qarzdor otaga tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Sudning qarori bilan A.Qayumovga O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi bilan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi, deya ma`lum qildi MIB.






