AsosiyJamiyat

Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish qachon to`xtatilishi ma`lum bo`ldi

'Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish qachon to`xtatilishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “O`zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori ijrosiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Tadbirda sohaga ilg`or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv uslublarini tatbiq etish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot turlarini yaratish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi.

2022-2023 yillarga qadar O`zbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin to`xtatiladi, deydi “O`zavtosanoat” strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig`i Rustam Qodirov.

Ularning o`rniga 10-15 ming AQSh dollari atrofidagi yangi modellar, jumladan, Chevrolet Onix ishlab chiqarilishi boshlanishi qayd etildi. Ta`kidlanishicha, bu yangi modellarning ayrimlari elektromobil bo`ladi. 

 

 

    Boshqa yangiliklar