AsosiyJamiyat

Namanganda viloyat hokimligi tashabbusi bilan velomarafon o`tkazildi

'Namanganda viloyat hokimligi tashabbusi bilan velomarafon o`tkazildi'ning rasmi

Namangan viloyat hokimligi tashabbusi bilan Noriin tumanida 700 nafar sportchi va ko`ngilli yoshlar ishtirokida “Velomarafon”  o`tkazildi.

Tuman bo`ylab keng qamrov kasb etgan velomarafonda tumandagi barcha umumta`lim maktablaridan 235 nafar o`quvchi,shuningdek, 75 nafar  o`qituvchilar ham g`oliblik uchun bellashdilar. 

Musobaqa yakunida 12-sonli umumta`lim maktabining 7-sinf o`quvchisi Sardor G`ulamov,  kattalar o`rtasida 16-umumta`lim maktabining jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Muhammadjon Toshmatov,  ayollar o`rtasida 19- umumta`lim maktabining informatika fani o`qituvchisi Manzura Ahmedovalar epchillik, chaqqonlik, tezkorlik borasida hammadan ustun kelib,  marra chizig`ini birinchilardan bo`lib bosib o`tib, shohsupadan o`rin egalladilar. 

G`oliblarga sovrin sifatida velosipedlar taqdim etildi.

Ezgulikka undayotgan tadbirlar, musobaqalar viloyat bo`ylab davom etmoqda, deya xabar beradi Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar