AsosiyJamiyat

“Taxtaqoracha” dovonida haqiqiy qish. Yo`l yana yopildi

'“Taxtaqoracha” dovonida haqiqiy qish. Yo`l yana yopildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Kitob va Samarqand viloyatining Urgut tumanlarini bog`lovchi tog`li hududlarda qalin qor yog`ayotganligi, yo`lda ko`rish masofasi cheklanganligi, quyuq tuman tushishi hamda yo`lning qatnov qismi muzlashi munosabati bilan 2020 yil 06 yanvar kuni M-39, “Almati-Toshkent-Termiz” avtomobil yo`lining “Taxtaqoracha” dovonidan o`tgan qismida transport vositalarining qatnovi vaqtincha to`xtatildi.

Avtomobil yo`lini qor va muzlamalardan tozalash uchunmaxsus texnikalar va xodimlar jalb etilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB harakatlanish xavfsizligini ta`minlash, sodir etilishi mumkin bo`lgan turli xildagi ko`ngilsizliklarning oldini olish maqsadida barcha harakat ishtirokchilarini yuzaga kelgan vaziyatni to`g`ri baxolashlarini hamda ushbu yo`nalishlarda vaqtinchalik harakatlanmasliklarini so`raydi. 

Dovon yo`lining ochilganligi haqida qo`shimcha ma`lumot beriladi, deyilgan IIV YHXBB  Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar