UzAuto Motors kompaniyasi 2019 yil so`ngida premium sinfga mansub to`rtta yangi Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini taklif qildi.
Kompaniyaning ma`lum qilishicha bugungi kunda xaridorlar ushbu modellar bilan tanishish istagini bildirmoqda.
Shularni inobatga olgan holda kompaniya avtomobillarni UzAuto Motors Service & Trade-In Center Markaziga joylashtirdi. Yangi modellar bilan yaqindan tanishish istagida bo`lgan xaridorlar Yashnobod tumani, Elbek ko`chasi, 61- uyda (mo`ljal: Do`stlik metrosi – 2) joylashgan Trade-In Markaziga tashrif buyurishi mumkin. Bu erda Trade-In Markazining malakali xodimlari avtomobillarning texnik imkoniyatlari haqida batafsil ma`lumotlarni taqdim etadi.
UzAuto Motors Service & Trade-In Markazi bugungi kunda jahon amaliyotida keng qo`llanilayotgan Trade-in dastur bo`yicha minilgan avtomobillarni yangisiga qo`shimcha pul to`lash evaziga almashtirish imkonini beradi. Minilgan avtomobil olmoqchi bo`lganlar esa Markazdan foydalanilgan yuridik “toza” avtomobillarni xarid qilishlari mumkin.
Shuningdek sotuvda mavjud bo`lgan Chevrolet Trailblazer avtomobili bilan hududlardagi quyidagi havola orqali rasmiy dilerlarning avtosalonlarida ham tanishish mumkin.






