Qashqadaryoda oilaviy is gazidan zaharlanish holati qayd etildi, deya “darakchi.uz”ga ma`lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, kecha, 06 yanvar kuni soat 11:30 larda Qarshi shahar, Tabassum mahallasida yashovchi D.N. (1983 y.t.), rafiqasi G.Q. (1983 y.t.), 3 nafar (2007-2010-2017 y.t.) farzandlari uyni isitish maqsadida “PG-2” gaz plitasini yoqib qo`ygan ligi natijasida is gazidan zaharlangan.
Ularning barchasi shifoxonaga olib borilgan va sog`lig`i yaxshilanganligi sababli uyiga ruxsat berilgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.