8 yanvar kuni Poytaxtimizda “Fayzli Toshkent” aksiyasi start oladi.
Ikki oy davom etadigan mazkur tadbir shahar miqiyosida keng ko`lamli tozalash va obodonlashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Aksiyada “Maxsustrans” Davlat unitar korxonasining yuzlab ishchi-xizmatchilari faol ishtirok etadi hamda korxonaning maxsus texnikalari safarbar etiladi.
Aksiya doirasida Toshkentning 30 ming gektardan ortiq hududi, mavze va dahalardagi qabristonlar, qarovsiz ko`chalar, ariqlar hazonlardan tozalanishi ko`zda tutilgan.






