1

Vatan himoyachilari kuni Toshkentda bir necha kun nishonlanadi

Jamiyat 09.01.2020, 12:56
Vatan himoyachilari kuni Toshkentda bir necha kun nishonlanadi

Toshkentda Vatan himoyachilar kuni bir necha kun davomida nishonlanadi, poytaxtda harbiy-vatanparvarlik aksiyalari o`tkaziladi, deya xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

10 dan 14 yanvargacha soat 10:00 dan 16:00 gacha «Xalqlar do`stligi» maydonida tematik harbiy festival bo`lib o`tadi. Tadbir dasturida harbiy orkestr va ansamblning konsertlari, qo`l jangi texnikalari namoyish etiladigan kursantlar namoyishlari, harbiy texnika va qurollarning namoyishi bo`lib o`tadi. Festivalga hamma tashrif buyurishi mumkin.

12 yanvar, yakshanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha «Vatanimga tayanch bo`lib xizmat qilaman» shiori ostida marafon bo`lib o`tadi. Musobaqaning boshlanishi Qurolli Kuchlar muzeyi, yakun “Xalqlar do`stligi” maydoni. Unda harbiy xizmatchilar, yoshlar, vazirlik va tashkilotlar xodimlari ishtirok etadi.

Bundan tashqari, 12 yanvar kuni tushdan keyin, soat 14:00 dan 16:00 gacha – “Xalqlar do`stligi” maydonida estrada yulduzlari va harbiy orkestr va ansamblning chiqishlari bo`lib o`tadi, kirish bepul.

Bayram davomida Mudofaa vazirligi Yashnobod va Sergeli tumanlaridagi ko`p qavatli uylardagi kvartiralarning kalitlarini harbiy oilalarga tantanali ravishda topshiradi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1